Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston hududlarida 9 aprel, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–16 daraja, kunduzi 27–29 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi. Buxoro viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, cho‘l hududlarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, Jizzax viloyatida 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14–19 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 25–30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.