O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining buyrug‘iga asosan, Pardayev Alisher Ochilovich Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Maʼlumot uchun, A. Pardayev 1970 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida boshlang‘ich sinf o‘qituvchiligidan Boysun, Jarqo‘rg‘on tumanlari xalq taʼlimi bo‘limi hamda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.