Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan “K.S.”AJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AJning Qarshi shahar filiali sobiq menejeri Z.X. mijozlar bilan tuzilgan 129 dona sug‘urta polislari bo‘yicha 119,7 mln so‘mlik to‘lovlarni qabul qilib, filialga kirim qilmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.