Oʻzbekiston Ukrainaga gumanitar yordam yubordi

8- aprel kuni O‘zbekistondan Ukrainaga 34 tonnadan ortiq gumanitar yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekistondan dori-darmon, individual dori qutilari, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, jami 400 ming donadan ortiq bo‘lgan 21 ta pozisiyadagi mahsulot yetib kelgan.

Viloyat rahbari Viktor Nikitaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni dori-darmon, yakka tartibda tibbiy yordam ko‘rsatish qutilari, uzoq muddat saqlash uchun oziq-ovqat va boshqalar mahsulotlardan iborat gumanitar yordam topshirgan.

«Yuk samolyotda yetib keldi, keyin Transkarpatiyaga yetkazildi. Gumanitar yordam zudlik bilan «qaynoq nuqtalarga» jo‘natiladi», —deyiladi xabarda.

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining 17- mart kuni o‘tkazilgan 24-yalpi majlisida tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishi. Lugansk va Donesk mustaqilligini tan olmasligini bildirgan edi.