«Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish ва soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra:
• yuqori malakali ва malakali mutaxassislar toifasiga kirmaydigan boshqa chet el fuqarosi bo‘lgan shifokorlar учун O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berganlik учун yig‘im миқдори 6 baravarga kamaytirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida undiriladi;
• O‘zbekistonga qisqa muddatga (bir oygacha), shu jumladan diagnostika hamda davolash amaliyotlarini bajarish, tajriba almashish dasturlari, mahorat darslari o‘tkazish ва maʼruzalar uqish, xodimlar malakasini oshirish maqsadida kelayotgan chet el mutaxassislariga O‘zbekiston hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma олиш talab etilmaydi;
• O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan davolash muassasalari tomonidan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im bekor qilinadi;
• davolash muassasalari (bundan sanatoriy ва pansionatlar mustasno) учун turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishga bo‘lgan talab bekor qilinadi. Bunda, davolash muassasalari tomonidan tashrif buyuruvchilarni hisobga олиш avtomatlashtirilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda amalga oshiriladi;
• Prezidentning 2017 yil 1 apreldagi PQ-2863-son qarorida nazarda tutilgan, yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar ва ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari учун bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi;
• tibbiyot asbob-uskunalari ва buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari учун sarflash materiallarini o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga asosan, 2025 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Шунингдек, malaka toifasi олиш учун talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa учун — 5 yil, oliy toifa учун — 7 yil etib belgilanmoqda.