2022- yilning 1- aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar soni – 17 607 934 kishini, erkaklar soni – 17 825 838 kishini tashkil qiladi.
2022- yilning 1- aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 217 904 nafarga ko‘p.
1991- yilda respublikamizda doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022- yilning 1-aprel holatiga 49,7 foizni tashkil etdi.