Farg‘ona tumanida kadastr xodimi va uning sherigi qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Kadastr agentligining Farg‘ona tumani filiali mutaxassisi S.O. filialning sobiq xodimi muqaddam JKning 228-moddasi bilan sudlangan G.R. bilan oldindan til biriktirib, “A.O.” fermer xo‘jaligining 1,5 gektar ochiq yer maydonining 18 sotixida go‘yoki 2 ta 9 sotixli uy-joy mavjudligi haqida soxta kadastr hujjatlarini tayyorlashib, ushbu 18 sotix yer maydonini fuqaro Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan 7 500 AQSH dollariga sotganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida S.O va G.R. tomonidan 200 AQSH dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.