Janubiy Afrika Respublikasi sharqidagi Kvazulu-Natal provinsiyasida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida 341 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy hukumat qurbonlar soni ortishini taxmin qilmoqda, chunki hozirgacha o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv operasiyasiga yordam berish uchun Janubiy Afrika milliy mudofaa kuchlari jalb qilingan.
Etekvini shahri gubernatori Mxolosi Kaunda munisipalitet va qo‘shni Durban shahriga suv toshqini yetkazgan zararni 52 million dollarga baholagan.Ofat tufayli Durban va Etekvini shaharlarida suv va elektr ta’minoti uzilib qolgan, ularni tiklash kamida bir hafta davom etadi. Yomg‘ir yog‘ishi yana davom etishi kutilmoqda.
Avvalroq Durbandagi suv toshqini oqibatida 306 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Kvazulu-Natalning ayrim joylarida 48 soat ichida yog‘in ko‘rsatgichi 450 mm dan, bu yillik yog‘in miqdori esa 1009 mm dan balandlagan.