Qarshi shahrining sobiq va amaldagi hokimlari qamoqqa olindi(mi)?

Qashqadaryo prokuraturasi Qarshi shahrining amaldagi hokimi Normo‘min Xolboyev va sobiq hokim Jamshid Fozilov davrida bozor bahosi 156 millird so‘m bo‘lgan yer noqonuniy berib yuborilganini ma’lum qilgandi.

Viloyat prokuraturasining mazkur xabari ijtimoiy tarmoqlarda shaharning amaldagi hokimi Normo‘min Xolboyev hamda sobiq hokim Jamshid Fozilovning qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni keltirib chiqardi. Shundan so‘ng prokuratura mazkur xabarga raddiya berdi.

«Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi shahrining sobiq hokimi Fozilov va amaldagi hokim Xolboyevlar ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan», — deyiladi viloyat prokuraturasi raddiyasida.