Kecha Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.
Shu kunga qadar shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Tojiboyev Jizzax viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tgani sababli Jizzax shahar hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Malumot uchun, Jasur Tojiboyev 2021 yil 30 iyundan buyon ishlab kelayotgan edi.
Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Aziz Ergashev tayinlangan.