Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor korxonadan «O’zsanoatqurilishbank» ATB Xorazm mintaqaviy filiali foydasiga 1.050.919.600 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan. Bu haqda MIB axborot xizmati Ogoh.uz’ ga ma’lum qildi.
Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Qarzdor ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garov mulki bo‘lgan chorvachilik majmuasi xatlanib, “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga sotuga chiqarilgan.
O‘tkazilgan onlayn elektron savdo natijasida chorvachilik majmuasi sotilgan va sotuvdan tushgan 1 mlrddan ortiq pul mablag‘lari bank hisob raqamiga o‘tkazib berildi.