2021- yil davomida Adliya vazirligi tomonidan 892 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilganda 224 tasida yoki 25 foizida 660 dan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlangan.
2021- yil 24- fevralda joriy qilingan yangi tartibga asosan 2021- yil yakuniga qadar Adliya vazirligi tomonidan 2 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan davr mobaynida Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning 245 tasi yoki 13 foizida 405 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan. Shundan 114 ta loyiha alohida tartibda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilganda ularning 83 tasida yoki 73 foizida 237 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.