Mobil telefonlar va planshetlarni Internetga ulash uchun routerlardan foydalanamiz. Router o‘zidan sog‘liqqa katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan WLAN signallarini — elektromagnit to‘lqinlarni chiqarishini bilasizmi?
Qizig‘i, ayni vaqtda biz texnologiyasiz ham yashay olmasligimiz haqiqat!
Xo‘sh, Wi-Fi nojo‘ya taʼsirlari qanday va ulardan qanday himoyalanish kerak?
Internetga ulanish uchun foydalanadigan simsiz Wi-Fi tarmog‘i bugungi kunda deyarli hamma joyda qo‘llanilmoqda. Biz simsiz qurilmalardan: mobil telefonlar va planshetlarni Internetga ulash uchun routerlardan foydalanamiz.
Router o‘zidan sog‘liqqa katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan WLAN signallarini — elektromagnit to‘lqinlarni chiqaradi. Biz ko‘pincha bu haqiqatni eʼtiborsiz qoldiramiz, chunki biz bu haqda deyarli hech narsa bilmaymiz. Biroq, butun vaqt davomida ushbu signallar tanaga zarar yetkazishda davom etaveradi.
Sog‘liqni saqlash agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, Wi-Fi routerlari odamlar va o‘simliklarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
Wi-Fi ning nojo‘ya taʼsirlari:
-Surunkali charchoq;
-Quloq og‘rig‘i;
-Konsentratsiyaning yetishmasligi;
-Tez-tez kuchli bosh og‘rig‘i;
-Uyqu muammolari.
Biz texnologiyasiz yashay olmaymiz — bu ayni haqiqat. Ammo o‘zimizni zararli oqibatlardan qanday himoya qilish haqida ko‘proq bilishimiz kerak:
— Uyqudan oldin Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying;
— Ishlatilmagan chog‘da Wi-Fi-ni o‘chirib qo‘ying;
— Uyingizdagi simsiz telefoningizni eski kabellisi bilan almashtiring;
— Oshxona yoki yotoqxonaga Wi-Fi routerini o‘rnatmang.