“O‘zgidromet” 21 aprel, payshanba kuni respublika bo‘ylab kutilayotgan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° bo‘ladi.