Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning mart oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha:
— “Cobalt” — 8 405 dona;
— “Damas” — 8 046 dona;
— “Lacetti-Gentra” — 7 099 dona;
— “Nexia T-250” — 3 670 dona;
— “Spark” — 1 604 donani tashkil qiladi.