Korxona foydasiga 1,3 mlrd summa undirildi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yekti auksion savdolariga qo‘yilgach qarzdor korxona tomonidan tadbirkor foydasiga 1,3 mlrd. miqdoridagi qarzdorlik summasi to‘liq undirib berildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 12.10.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi “CLEAN GAZ SERVICE” MCHJ foydasiga 1 mlrd. 364 mln. 477 ming 650 so‘m asosiy qarzdorlik, 200 mln. so‘m penya, 20 mln. 467 ming 165 so‘m davlat boji hamda 17 840 so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi J.Jo‘rayev ish yurituviga kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdor korxona Byuroning tuman bo‘limi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda katta miqdordagi qarzdorlikni tadbirkor foydasiga qoplamaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, harakatlar davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yekti auksion savdolariga qo‘yilgach qarzdor korxona tomonidan tadbirkor foydasiga 1,3 mlrd. miqdoridagi qarzdorlik summasi to‘liq undirib berildi.