Noma’lum uchar jismlar bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekiston osmonida 21 aprel kuni noma’lum uchar jismlar tasvirga olindi. Fanlar akademiyasi noma’lum uchar jismlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Akademiyaning Astronomiya instuti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yusuf Tillayevning ma’lum qilishicha, uchar jismlar «Starlink»ning 53 ta yangi sun’iy yo‘ldoshlar guruhi bo‘lib, yaqinda Amerikaning «SpeceX» kompaniyasi tomonidan uchirilgan.

«21 aprel, payshanba kuni soat 13:51 da (AQSH sharqiy sohili vaqti, Toshkent vaqti bilan 22:51 da), ‘Starlink’ning 53 ta ’Falcon 9’ sun’iy yo‘ldoshini Floridadagi ‘Cape Canaveral’ kosmik stansiyasidan Yer orbitasiga olib chiqqan», — deydi Yusuf Tillayev.

Keltirilishicha, shu 53 yo‘ldoshning orbitaga chiqarilishi O‘zbekiston osmonida 22 aprel kechki payt kuzatilgan.