O’zbekistonga uch oyda 500 ga yaqin elektromobil import qilingan

2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil import qilingan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

2022 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

— Xitoy – 426 ta
— Germaniya – 13 ta
— Gonkong – 7 ta
— BAA – 3 ta
— Estoniya – 2 ta
— AQSH – 1 ta
— Kanada – 1 ta