O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida tayinlov amalga oshirildi

Xasanov Baxrillo Gʻaybulloyevich Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo‘yicha sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

B. Xasanov 1979 yilda Samarqand viloyati, Urgut tumani tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2000 yilda Tashkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2006 yili Tashkent davlat yuridik instituti, (magistratura, kunduzgi), 2012 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisi.

B. Xasanov o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.