O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 3 oyda qancha qalampir eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 15 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,2 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 2,2 ming tonna

Qirg‘iziston – 346 tonna

AQSH – 166,5 tonna

Rossiya – 161 tonna

Germaniya – 138,4 tonna

Ukraina – 83 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 1,2 ming tonna

Jizzax viloyati – 567 tonna

Samarqand qiloyati – 373 tonna