Ijtimoiy tarmoqlarda Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga Markaziy bank munosabat bildirdi.
Takidlashicha, O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.
Shuningdek, «Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz», — deyiladi munosabatda.