Angren shahrining hokimi vafot etdi

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun, 11- may kuni Angren shahrining hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi.U joriy yilning yanvar oyidan Angren shahrining hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot o‘rnida Nuriddin Abdurahimov Angren shahrining hokimi bo‘lishidan oldin prezident administratsiyasida ishlagan.