Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasiga matbuot kotibi tayinlandi

Jumayeva Nilufar Hikmatullayevna O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari—Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi—matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Nilufar Jumayeva bungacha O‘zbekiston MTRKning “O‘zbekiston” telekanalida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Qayd etish joizki, mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.