Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Sh.Mirziyoyev 13 may kuni vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan taʼziya marosimida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan edi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejaga kiritilgan edi.
Davlatimiz rahbari BAA tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan ham uchrashdi.