Moliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasiga ko‘ra, Bojxona va Soliq kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, talabalarning oliy taʼlim muassasalari hududida tashkil etgan pullik sport to‘garaklari, o‘quv kurslari va boshqa taʼlim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlarini soliqdan ozod qilish taklif etilmoqda.
Shuningdek, yana boshqa bir taklifga ko‘ra 2022 yilning 1 mayidan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilmaydi.