Kanadada dahshatli tabiiy ofat ro’y berdi

Kanadaning aholi gavjum ikki provinsiyasi – Ontario va Kvebekda sodir bo‘lgan dovul kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 500 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda “Interfaks” mahalliy OAVga tayanib, xabar berdi.

Kommunal xizmatlar maʼlumotlariga ko‘ra, tezligi soatiga 130 km dan oshadigan shamol daraxtlar, ustunlar va elektr simlarini qulashiga olib kelgan.

Kanada rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, halokatli jarohatlarning aksariyati daraxtlarning qulashi tufayli sodir bo‘lgan.