Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha aholidan takliflar qabul qilina boshlandi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev maʼlum qildi.
«Ayni paytda Konstitutsiyaviy komissiyaga aholidan ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushmoqda. Ular albatta ko‘rib chiqiladi.
Qisqa muddatda “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” bosh g‘oyasi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus axborot platformasi ham ish boshlaydi.
Unga qadar takliflaringizni taklif@meningkonstitutsiyam.uz yoki taklif@2022.uz elektron pochtalari orqali yuborishingiz mumkin», deyiladi xabarda.