Ijtimoiy tarmoqda o‘quvchi qizning o‘qituvchi bilan tortishib, derazadan sakragani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur hodisa yuzasidan Farg‘ona viloyati XTB munosabat bildirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur holat Qo‘shtepa tumanidagi 22-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlandi.Tarqatilgan baʼzi xabarda o‘quvchi qiz maktabning ikkinchi qavatidan o‘zini tashadi, deb iddao qilingan.
Maʼlum bo‘lishicha, holat joriy yilning 23-may kuni ushbu maktabning birinchi qavatida joylashgan kimyo fani sinfxonasida bo‘lgan. Maktabning 8-sinif o‘quvchisi A.A.dars paytida kalitni uyiga tashab kelish uchun ruxsat so‘ragan. O‘qituvchi dars tugashiga 5 daqiqa qolganini bildirgan.
Biroq o‘quvchi muallima gapiga quloq solmasdan derazadan sakrab, qochib ketgan.Shundan so‘ng o‘qituvchi uni qayta sinfxonasiga olib kirib tanbeh bergan, biroq o‘quvchi qiz yana derazadan qochib ketgan.Shu holat A.A.ning sinifdoshi tomonidan telefonda tasvirga olinib tarqatilgan», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘quvchi A. A hech qanday tan jarohati olmagan.
Mazkur xabar viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.