O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 17,76 so‘mga pasayib, 11 ming 45,25 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 17,76 so‘mga tushib, 11 ming 45,25 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 11 ming 832,78 so‘mga baholanib, 23,02 so‘mga ko‘tarildi.
Shuningdek, 1 rubl 176,65 so‘m etib belgilanib, 20,83 so‘mga tushdi. Oxirgi marta rublning rasmiy kursi 25 may kuni rekord daraja — 197,47 so‘mga yetgandi.
Qayd etilishicha, ushbu almashuv kurslari 27 may, juma kunidan kuchga kiradi.