Surxondaryoda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchining ishi sudga oshirildi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumani 4- sonli maktabning o‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchiga nisbatan 26-may kuni qo‘zg‘atilgan maʼmuriy javobgarlikka oid ish mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Bandixon tumani sudiga yuborildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 22-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-maktabda mazkur maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni kaltaklagani aks etgan videotasvir tarqalgan edi.