Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Malumotlarga ko‘ra, Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.
Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatning Sariosiyo tumanidan ham topildi. Ushbu terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan.
Tumanning «Shahriobod» mahallasi Hurvatan qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilmoqda.