Rossiya armiyasining kengaytirilishi Ukrainadagi urushga taʼsir qiladimi?

2023-yil 1-noyabrda kuchga kiradigan qarorga koʻra rus armiyasiga yana 137 ming askar qoʻshiladi. Ayni paytda 1 millionga yaqin boʻlgan Rossiya askarlarining soni yuqoridagi qaror amalda tatbiq etilsa, askarlar soni 1,15 millionga yetadi. Rossiya armiyasida 900 ming koʻngilli askar bor.

Anglya xavsizlik xizmati vazirligi bu harakatlarning Ukrainaga qarshi urushda hechqanday taʼsir koʻrsatmasligini taʼkidladi. Buni esa:

  • Rossiya armiyasi Ukrainada 10 minglarcha askarini yoʻqotganini;
  • majburiy xizmatdan tashqari yangi askarlar olinish darajasi juda past;
  • majburiy xizmatga jalb qilinganlar Rossiyadan tashqarida biror faoliyat yuritish huquqiga ega emas;

kabi sabablar bilan izohladi.
Rossiyadagi askarlar 18-27 yoshidan majburiy xizmatga jalb qilinadi. Faqat talabalar va sogʻligida muammosi borlar bundan mustasno.

Moskva, majburiy xizmatga jalb qilinganlarning Ukrainaga joʻnatilganligini rad etdi. Askarlarning shartnoma asosida Ukrainaga ketishga majbur qilingani bilan bogʻliq ayrim armiya rahbarlaridan hisobot olingan.

Gʻarbiy davlatlarning harbiy xizmat bilan bogʻliq manbalarida, Rossiyaning Ukrainada 6 oyni ortda qoldirgan ishgʻollarida 70-80 ming askari hayotdan koʻz yumgani va yaralangani aytiladi.