IIB tungi klubda bir kishi oʻlgani haqidagi xabarga izoh berdi

7-avgust kuni fuqaro E.B. oʻzining tanishi bilan Samarqand shahrida joylashgan “Bassiane” nomli tungi klubga dam olish maqsadida kirmoqchi boʻlgan vaqtida, klubda qoʻriqchi boʻlib ishlovchi R.M. ularni klubga kiritmasligini aytib, turli nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilib, bir guruh sheriklari bilan ularni urib, tan jarohati yetkazgan.

Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.M. va boshqa shaxslarga nisbatan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Janjalda bir kishi vafot etganligi toʻgʻrisidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.