Olimlar yig‘layotgan go‘dakni tinchlantirish uchun eng yaxshi usulni topishdi

Olimlar yig‘layotgan chaqaloqni tinchlantirish uchun eng yaxshi usulni topish maqsadida olib borgan tadqiqotlarida qoniqarli natijaga erishganini aytishmoqda.

Yaponiyada va Italiyada olib borilgan tadqiqotlar natijasi “Biologiya” jurnalida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yig‘layotgan chaqaloqni bag‘irga olib 5 daqiqa davomida yurish, keyin o‘tirib bag‘irda 5-8 daqiqa qo‘lda tutib turish tavsiya qilinadi.

Shu muddat oxirida chaqaloqni qayta o‘rniga yotqizish lozim.

Tadqiqotchilar avvaliga tajribani itlar, maymunlar va sichqonlarda sinab ko‘rishdi. Ushbu emizuvchi hayvonlar bolalarini ko‘tarib yura boshlaganini, buning natijasida esa bolalari xotirjam tortib, yurak urishlari bir maromga kelganining guvohi bo‘lishdi.

Odamlar orasidagi tahlillar esa 21 ta onaning ishtirokida amalga oshirildi. Endigina tug‘ilgan va 7 oylik chaqaloqlari bor onalar, to‘rtta holatda test topshirishdi: chaqaloqni ko‘tarib turgan holatdagi yig‘isi, o‘tirgan holatda ona quchog‘idagi, harakatsiz beshikda yotgan holati hamda tebranayotgan beshikdagi holat…

Tahlillar so‘ngida yig‘i holatining ko‘tarib olgandan 30 soniya keyin kamaygani va bolaning yurak urishi bir maromga kelgani aniqlandi. Shunga o‘xshash holat beshikda tebranayotgan paytda ham yuz berdi. Biroq beshikni tebratmaslik bolani tinchlantira olmadi.
Ona quchog‘ining esa bola uchun nihoyatda ta’siri katta ekani ma’lum bo‘ldi.

Eng so‘ngi tahlilda yangi tuqqan onalarning natijalariga qaraldi. Bu tahlilda 100 dan 46 ta go‘dak 5 daqiqa ichida uyquga ketgani aniqlandi. Vaqt bir daqiqaga uzaytirilganda esa yana 100 dan 18 ta chaqaloq uyquga ketgani ma’lum bo‘ldi.

Bu usul bolalarni tinchlantiribgina qolmay, uyqu muddatining ham boshlanganini ko‘rsatdi. Faqat ushbu chaqaloqlarning uchdan bir qismi yotoqqa yotqizilgandan 20 daqiqa o‘tib uyg‘onishdi.
Kardiogramma ko‘rsatgichlari, chaqaloqlar onalaridan uzoqlashtirilganda yurak urishlarining tezlashganini ko‘rsatdi.

Aksincha, yotqizilmasdan yana biroz muddat ona bag‘rida qolgan go‘daklarning kam holatda bezovta bo‘lib, uyg‘ongani kuzatildi.

Shuningdek, bolaning qanday holatda yotqizilishi ham juda muhim ekanligi ta’kidlandi. Olimlarning ushbu tadqiqotdan maqsadlari ota-onalarga yordam berish edi.