Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy va Mo‘g‘uliston bilan savdoda milliy valyutadagi hisob-kitoblarga o‘tishga chaqirdi.
“O‘zaro savdo ayirboshlash hajmining o‘sishiga, shubhasiz, uch mamlakatimizning tijorat hisob-kitoblarida milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha izchil yo‘nalishlari yordam bermoqda”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, avvalroq XXR Raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yetakchilar mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutadagi hisob-kitoblar ulushi 27,5 foizga oshganini ta’kidlagan edi.
“Shu nuqtai nazardan, iloji boricha, Rossiya bankining moliyaviy xabar almashish tizimi va Xitoy transchegaraviy to‘lovlar tizimi kabi milliy to‘lov platformalariga o‘tish muhim bo‘lardi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.