Oxirgi bir yil ichida Angliya va Yevropada 48 million qush qirib tashlandi

Yevropa oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash tashkilotlarining so‘ngi taqdim etgan ma’lumotlariga qaraganda parranda gripi sababli Angliya va Yevropada so‘ngi bir yil ichida 47,7 million qush qirib tashlandi. 2021 yil oktyabr-2022 yil sentyabr sanasi oralig‘idagi voqealarning kuzatilgani hamda bu haqda kecha e’lon qilingan xabarga ko‘ra, dam olish maskanlarida erkin yurganlarining 2467, qafasdagi qushlarda 187 va yovvoyi qushlar orasida 3573 ta virus hodisasi kuzatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu virus Yevropadagi 37 ta davlatga o‘z ta’sirini sezilarli darajada o‘tkazgan. Taqdim etilgan hisobotda ko‘rsatilishicha, Angliyada 161 yuqori patagonik parranda gripi holati aniqlangan va shu bois 3,2 million hayvon va boqilayotgan qush o‘ldirilgan.

Angliyada yovvoyi qushlar orasida parranda gripi hodisasi 1727 tani tashkil etdi. Ushbu voqea 406 ta hududda, shuningdek, 59 ta qush turi orasida tarqalgani ma’lum bo‘ldi.

Mutaxasislar o‘tgan yil yoz faslida yo‘qolib ketgan parranda gripi bu yil to‘rt faslda ham davom etganini aytishmoqda. Ayni paytda bu virus qushlar orasida juda tez suratda yoyilmoqda.

Angliya hukumati bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi veterinar xizmati mas’uli Kristina Middlemiss, virusning yovvoyi qushlar orasida ko‘p tarqalishiga sabab bo‘lgan omillardan biri ularning juft holatda yashashi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Middlemiss, “Afsuski, kelasi oylarda boshqa o‘lkalarga uchib ketgan qushlarning qaytishi sababli virus yanada ko‘proq tarqaladi” deya ta’kidlagan.

Mutaxasislar esa yuqorida ko‘rsatilgan raqamlar aniq emas, balki holat bundanam og‘ir bo‘lishi mumkin deyishmoqda.