Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Buxoro shahar ko‘chalarida transport vositasida tirik qo‘y va echkilarni tashib yurgan holat tasvirlangan fotosuratli murojaat yuzasidan Buxoro viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, holat Buxoro viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Olib borilgan tezkor surishtirib tadbirlari davomida qoidabuzar fuqaro T.I. ismli shaxs ekanligini aniqlangan. Ko‘rsatilgan qoidalarga rioya etmagan haydovchiga nisbatan amaldagi yo‘l harakati qoidalarini 162-bandini buzib harakatlangani uchun O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 125/1 moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning 5 baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.