Ommaviy tadbirlar qay tartibda o‘tkaziladi? IIV xabar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamisining «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda uning ishtirokchilari fuqarolarning xavfsizligi va jamoa tartibini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishi, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bo‘linmalari xodimlariming qonuniy talablarini bajarish shart.

Ommaviy tadbirni o‘tkazish vaqtida ommaviy tadbir ishtirokchilariga va piyodalarning harakatlanishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

Fuqaroviy va xizmat qurolini, ularning o‘q-dorilarini, perotexnika buyumlarini, maxsus tayyorlangan yoki moslashtirlgan predmetlarni, shuningdek taqiqlangan predmetlar ro‘yxatiga kiritilgan oson alanganaladigan va zaharli moddalar (sanchuvchi, kesuvchi) va boshqa predmetlarni olib yurish taqiqlanadi.

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan nodavlat notijorat tashkilotlarning emblemalarini, umuminsoniy qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek, konstitusiyaviy tuzumni noqonuniy o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzish ( urish, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qilish, ijtimoiy, irqiy, millatchilik va diniy adovatni qo‘zg‘atish) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadidagi ramzlar (bayroqlar, vimpillar, plakatlar, transparatlar) va boshqa vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Mast holda yoki giyohvand vositalar psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish oqibatida insonning inteluktual iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘lish taqiqlanadi.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan