O‘zbek tarjimashunosligi uchun og‘ir judolik: Olim Otaxon 70 yoshda vafot etdi

Mohir prozaik, oʻzbek adabiyotini nodir asarlar bilan boyitgan tarjimon Olim Otaxon 70 yoshda vafot etdi.

Olim Otaxonov 1951 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1974 yilda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan.
Dastlabki toʻplami boʻlmish «Bolalik kabutarlari» 1981 yilda chop etiladi. Shundan soʻng yozuvchining «Oqshom xayollari» (1986), «Ozod qushlar haqida qissa» (1988), «Adoqsiz koʻchalar» (1990) kabi nasriy asarlari nashr etilgan.
Tarjimon Yasunari Kavabata, Andre Morua, Xulio Kortasar, Marsel Prust kabi qator jahon adabiyotining yirik adiblarning nodir asarlarini oʻzbekchalashtirgan.
Oʻzbek nosir va shoirlarining asarlari jahon maydoniga chiqishida ham O. Otaxonning xizmati beqiyos.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan