Sirdaryoda 352 ta fuqaro va mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tuman-shahar bo‘lim inspektorlari tomonidan 352 ta fuqarolar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmay foydalanib kelayotganligi aniqlangan va ularga nisbatan MJtKning 68¹-moddasiga asosan, 87 mln 490 ming so‘m jarima belgilangan.

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi maʼlum qiladi, hozirgi kunda uy-joyingiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa davlat xizmatlari agentligiga tegishli hujjatlar bilan murojaat etishingizni so‘raydi.

Xozirgi kundagi Kadastr agentiligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruxlar Sirdaryo viloyati hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan xatlov moboynida sizning uy-joyingiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniklangan taqdirda fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa BHMning 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan