Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi 3 tuman hokimiga “hayfsan” eʼlon qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 ta tuman hokimiga “hayfsan” berdi. Shahar rahbarining ushbu farmoyishi “E-qaror” portalida eʼlon qilindi.

Farmonga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Irgashev Shavkatbek Turdiyevich, Yunusobod tumani hokimi Ibraximov Jahongir Baxodirovich va Yangi hayot tumani hokimi Inog‘amov Xayot Ilyosovichlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

3 tuman hokimiga “hayfsan” berilganinining asosiy sababi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 02-PA 1-13401 sonli topshirig‘iga binoan joriy yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari uchun, deyiladi farmoyishda.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan