13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlar sodir etgan fuqaro shaxsiga oydinlik kiritildi

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etib, qidirilayotgan shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, u ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘irlik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989 y.t., fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlandi.

Hozirda, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.

Hozirda, IIV Tansport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti murojaat qiladi: «Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu fotosuratda ko‘rsatilgan shaxsning harakatlaridan jabrlangan bo‘lsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishingiz so‘raladi».

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan