Namanganlik 9 sinf o‘quvchisi AQSHda bo‘lib o‘tgan onlayn tanlovda g‘olib bo‘ldi

Namangan shahridagi 1 IDUMning 9 sinf o‘quvchisi Ahrormirzo Rahmonov bir necha yildirki, musiqa san’ati bilan shug‘ullanib keladi. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda hozirga qadar ko‘plab xalqaro tanlovlar, musiqa va san’at festivallari hamda bellashuvlarda muvaffaqiyat qozonayotgan yosh iste’dod sohibi yaqinda Los-Anjelesda o‘tkazilgan onlayn tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

14 — 16 yoshli bolalar o‘rtasida dunyoning 87 davlati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tanlovda Ahrormirzo skripka yo‘nalishida iste’dodini namoyon etib, “Yulduzlar sahnasi” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yosh iste’dod kelgusi xalqaro tanlovlarda qatnashish uchun astoydil izlanmoqda, deya xabar bermoqda Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan