Shu yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borildi.
Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lacetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham to‘xtatilganligi maʼlum qilingan edi.
Bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi.
“UzAuto Motors”ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800dan ortiq avtomobilga yetdi.
Majburiy tanaffusdan so‘ng, ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, Sizga avtomobilni yetkazib berish muddatini qisqartirish imkonini beradi.