Bugun “Xalqaro turizm kuni” munosabati bilan joylarda tadbirlar bo‘lib o‘tdi

27 sentyabr – Xalqaro turizm kuni munosabati bilan “World tourism day in Tashkent” shiori ostida Xalqlar do‘stligi saroyidan Amaliy sanʼat muzeyigacha bo‘lgan masofada velosiped+motobayker+retroavto ko‘rgazmali yurishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun mazkur kun munosabati bilan Xorazm viloyatida ham qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Xiva shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro turizm kuni” diorasida tashkil etilgan hunarmandchilik, rassomchilik, milliy taomlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmalari, sport musobaqalari va boshqa madaniy tadbirlarda jamoat tartibini saqlash, chet el va mahalliy sayyohlar xavfsizligini taʼminlash, bilan birga fuqarolarni karantin talablariga rioya qilishlarini nazorat qilish yo‘nalishida viloyat IIB sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda ish olib bordi.

Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi

Shuningdek, velomarafon ishtirokchilaridan iborat paradda Xavfsiz turizm boshqarmasining texnikalari namoyish qilindi hamda viloyatdagi nuroniylar, baynalminalchilar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini “Ichan qalʼa” davlat muzey qo‘riqxonasiga xavfsiz sayohatlarini taʼminlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan