General-mayor Rustam Jo‘rayev yana bir lavozimni egalladi

O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishida federatsiya raisi lavozimiga Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayevning nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullanibdi.

Yangi saylangan federatsiya raisi bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorlik izhor etib, ushbu sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildiribdi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Shundoq ham tobora vazifalari kengayib borayotgan Milliy gvardiya qo‘mondonining kamondan o‘q otish sportini rivojlantirib yubora olishiga qanchalik ishonish mumkin? Xohish bo‘lgani bilan buning uchun vaqt va imkoniyat ham kerak emasmi?..

Milliy gvardiya qo‘mondoni 2020 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi, shuningdek Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan joriy yilning avgust oyida Funksional ko‘pkurash federatsiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan