Namanganda ISUZU rusumli yuk avtomishnasi haydovchisi 6 yoshli bolaning o’limiga sababchi bo’ldi

Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan 6 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, 2021-yil 29-sentyabr kuni soat 17:00 larda, Namangan shahar Yakkasada MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1987- yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlovchi MChJga tegishli ISUZU rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘l chetida turgan piyoda, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2015-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksinining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Leave a comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan