Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, agar Oʻzbekistondagi saylovda gʻalaba qozonsa, boshqa millat vakillari oʻz ishlarini davlat tilida bajarsa, ularga maoshining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlashga vaʼda berdi.
Bu nima navbatdagi piarmi? Bilamiz siz piar qilishga rosa ustasiz, ammo bu gapingiz haqiqatga aylanadigan boʻlsa yana xalqqa jabr boʻladimi? Ahir siz oʻz choʻntagingizdan bu pullarni toʻlamaysiz.
Davlat statistika qoʻmitasi bergan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi 35 mln. kishini tashkil etmoqda.
Shundan, Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisining etnik tarkibida oʻzbek – 29,2 mln.dan ziyod kishi roʻyhatga olingan. Qolaversa bu raqamlarning ham qoʻp qismi albatta millati oʻzbek rusiyzabonlar desak adashmagan boʻlamiz.
Bunlan tashqari:
tojik millatiga mansub – 1,7 mln. kishi
qozoq millatiga mansub – 821,2 ming kishi
rus millatiga mansub– 720,3 ming kishi
qirgʻiz millatiga mansub – 291,6 ming kishi
turkman millatiga mansub – 206,2 ming kishi
tatar millatmga mansub – 187,3 ming kishi
koreys millatiga mansub – 174,2 ming kishi
ukrain millatiga mansub – 67,9 ming kishi
ozarbayjon millatiga mansub – 41,2 ming kishi
belorus millatiga mansub – 18,5 ming kishi
boshqa millatlar – 426,4 ming kishini tashkil etadi. Oddiy hisob bilan aytganda 5 mln.dan ziyod aholi boshqa millat vakillari. 14.2 foiz aholi bu boshqa millat vakillari va qoʻshimcha ravishda oʻzbek millatiga mansub rusiyzabonlar qoʻshilsa bu raqam ancha koʻtarilib qoladi.
Aholi shundoq ham qiynalib turganda bu kabi balandparvoz gaplarning oʻrni emasga oʻxshaydi. Nomzodlardan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ustidan kulmasliklarini soʻrab qolgan boʻlar edik.