Xorazmdagi «daraxt koʻchirish operatsiyasi» belgilangan mavsumda emas — Islombek Boqijonov

Oldinroq Xorazm viloyati Yangibozor tumani hududida yozning chillasida koʻchirilgan daraxtlar haqida yozgandik. Bugungi ekoqoʻmita masʼullari ishtirokidagi madbuot anjumanida shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida savol bilan yuzlandik.

Ekoqoʻmita raisi oʻrinbosari Islombek Boqijonovning aytishicha, daraxtlarning mavsumlar boʻyicha koʻchirish vaqti bor va biz keltirgan «daraxt koʻchirish operatsiyasi» muddati bu mavsumga nomutanosib, yaʼni nizomda keltirilgan koʻchirish paytida emas.

Boqijonovga koʻra, tegishli maʼlumotlarni taqdim etganimizning ertasiyoq bu masalaga oydinlik kiritiladi va holat taftish qilinadi.

Bugun tahririyatimiz tomonidan Yangibozor tumanidagi holat yuzasidan oʻzimizdagi maʼlumotlarni taqdim etamiz va ertasiga qoʻmita vakillaridan oʻz munosabatlarini kutamiz.