Dehqonobod tumani Xalq taʼlimi bo‘lim mudiri Baxtiyor Yusupov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani xalq taʼlimi idorasi taʼmirtalab holatda ekan. Ayrim joylari nurab qulash holatiga kelgan. Binoni taʼmirlab qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Tahririyatimiz jurnalistlari mazkur holatni o‘rganish maqsadida Dehqonobod tumani XTB mudiri Dilmurod Yusupov bilan bog‘landi. Dilmurod Yusupovning bizga maʼlum qilishicha, bino taxminan 1970 yillar atrofida qurilgan (aniq maʼlumotni bilmas ekanlar) va hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Yaqinda viloyat hokimiyatiga shu bo‘yicha xat bilan chiqishgan, ular “…ro‘yxatga oldik, 2022 ga aniq qurib beramiz” bilan qutulishgan, qurilish-qurilmasligi, qancha mablag‘ ajratilgani esa mavhumligicha turibdi.
Nega turli shov-tadbirlarga millionlab, milliardlab pul sarflanib turganda taʼlim odamlari sovuqda o‘tirishi kerak ekan?
Misol uchun keltirib o‘tamiz, joriy yil Shahrsabzda o‘tkazilgan yoshlar festivaliga 1 mlrd 517 mln 800 ming so‘m miqdorida pul ajratilgan.
Bilmadik, qachongacha XTB xodimlari bunday sharoitdagi, qishda tomidan chakka o‘tadigan, devorlari yorilgan xonada ishlasharkin?!
Zayniddin Norquvvatov